Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida tashkil etilgan "Xon atlas" festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.
Mazkur festival doirasida go‘zal, milliy an’anamizni yanada kengroq targ‘ib etish, madaniy ildizlarimizga ehtirom ko‘rsatish maqsadida joriy yilning 12-sentyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” Davlat muassasasining xodimalari tomonidan milliy liboslar kuni o‘tkazildi.