Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Zarur amaliyotlar markazi” davlat muassasasida korrupsiyaga nisbatan murosasizlik tamoyili qat’iy amal qiladi.
Barcha xodimlar:
▫️ xizmat mavqeidan shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanmasligi;
▫️ pora olish, pora berish va vositachilik qilish kabi noqonuniy harakatlardan tiyilishi;
▫️ har qanday korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart.
Eslatib o‘tamiz, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida qat’iy javobgarlik belgilangan.
Jinoyat kodeksining:
▪️ 210-moddasi — pora olish;
▪️ 211-moddasi — pora berish;
▪️ 212-moddasi — pora olish-berishda vositachilik qilish uchun
jarima, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish jazolari nazarda tutilgan.
Halollik, shaffoflik va qonun ustuvorligi — samarali faoliyatning asosiy mezonidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning umumiy burchimiz!
“Zarur amaliyotlar markazi” davlat muassasasi korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan Siz aziz tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaydi.
Agar siz qonunbuzarlik yoki korrupsiya holatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, bu haqda Markazga quyidagi kanallar orqali darhol хабар berishingizni so‘raymiz:
• Telegram: telegram.me/gxp_uz_bot
• Elektron pochta: gxp.duk@ssv.uz
• Ishonch telefoni: +998 55 902 13 35 (192)